Butun kitobni to’liq yodlash mumkin(mi?)

Qohiradagi Al-Azhar universiteti dunyoda eng yirik oliy o‘quv yurtidir. Ushbu muassasada yigirma bir ming talaba tahsil oladi. Kirish imtihonida har bir kiruvchidan Qur’onni yoddan aytib berish talab qilinadi. Bu kitob  katta hajmga ega bo‘lib, uni ovoz chiqarib o‘qishga uch kun vaqt ketadi! Olim yigitlar deb ataluvchi xitoylik talabalar ayrim diniy kitoblar va klassik asarlarni yoddan bilishlari lozim. Arab va Xitoy talabalari ishonish qiyin bo‘lgan bunday jasoratni amalga oshirishni qanday uddalaydilar? Takrorlash vositasida, bu — eslab qolishning ikkinchi “tabiiy qonuni”dir. Siz cheksiz miqdordagi ma’lumotni yetarli darajada tez-tez takrorlab tursangiz, yodlab ololasiz. Eslab qolishni istagan ma’lumotlarni takrorlang. Ulardan foydalaning. Amalda tatbiq eting. O‘zaro suhbatlarda yangi so‘zlarni ishlating. Yangi tanishlarning ismini tilga oling, agar ularning nomini eslashni xohlasangiz. Ko‘pchilik oldida so‘zga chiqishda gapirmoqchi bo‘lgan holatlarni suhbatlarda eslab turing. Foydalanishda ishlatilgan ma’lumotlar xotirada joylashib qoladi.

Qanday takrorlash foydali?

Shu bilan birga mexanik, ko‘r-ko‘rona yodlash kerak emas. Ongli takrorlash, ayrim o‘ziga xosliklar bilan tegishli tarzda idrok qilish — ana shular biz uchun juda zarur. Masalan, professor Ebbingxauz o‘z talabalariga eslab qolish uchun ma’noga ega bo‘lmagan «dekyus», «koli» kabi so‘zlardan iborat uzundan-uzun ro‘yxat bergan va hokazo. U talabalar uch kun ichida o‘ttiz sakkiz marta takrorlaganidan keyin bir kun ichida oltmish sakkiz marta takrorlaganida, nechta so‘z yodlagan bo‘lsa, shuncha yodlay olishini bilib oldi. Boshqa ruhiy testlar ham aynan ana shunday natijalarni berdi. Bu xotiramizga doir nihoyatda muhim ixtirodir. Biz endi o‘tirib takrorlaydigan kishi o‘z xotirasida uni toki mustahkamlamas ekan, agar takrorlash jarayoni ongli ravishda ma’lum vaqt oralig‘ida o‘tkazilsa, natijalari tufayli qo‘lga kiritilgan samaraga nisbatan ikki baravar ko‘p vaqt va quvvat sarflashini bilamiz.Idrokning bu o‘ziga xosligini ikki omil bilan izohlash mumkin: Birinchidan, takrorlashlar orasida bizning ong osti birlashuvimiz fikrlar, so‘zlshuvlarni mustahkamlash bilan band bo‘ladi. Professor Jeyms to‘g‘ri ta’kiddaganidek, “biz qishda suzishni, yozda esa konkida uchishni o‘rganamiz”. Ikkinchidan, miya tanaffus bilan ishlaganda, haddan ziyod og‘irlikdan toliqmaydi. “Ming bir kecha” tarjimoni yigirma yetti tilda xuddi ona tilimizday bemalol gapirgan. Uning o‘zi e’tirof etishicha, til o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq qilishda hech qachon o‘n besh daqiqadan ortiq bir-varakayiga vaqt sarflamagan, chunki “bundan keyin aql o‘z bardamligini yo‘qotadi”, deydi u. So‘zsiz, bu dalillar qurshovida endi birorta ham odam o‘zini aqlli deb so‘zga chiqish kunigacha o‘z ma’ruzasiga tayyorgarlikni tashlab qo‘ymaydi. Agar shunga harakat qilsa, xotirasi o‘z imkoniyatiga ko‘ra majburan faqat yarim tarzda faoliyat ko‘rsatadi. Biz qanday unutishimiz, esdan chiqarishni bayon etish xususida talay qimmatli ixtirolar qilingan. Ko‘p marta o‘tkazilgan ruhiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, biz dastlabki sakkiz soatda keyingi o‘ttiz kun ichidagiga nisbatan ko‘proq unutar ekanmiz. Hayratlanarli darajadagi o‘zaro nisbat! Shuning uchun bevosita birinchi ishga doir yig‘ilish, ota-onalar uyushmasi a’zolari bilan o‘tkaziladigan majlis, klubdagi mashg‘ulotlar, bevosita ko‘pchilik oldida ma’ruza bilan chiqish qilinganida, dalillarni yana bir bor eslang, xotirangizni yangilang.Linkoln bu uslubning ahamiyatini juda yaxshi bilar va unga amal qilar edi. Gettisbergda uning huzurida e’tiborli olim Edvard Everst so‘zga chiqqan edi. Linkoln uning uzundan-uzoq rasmiy ma’ruzasi oxiriga yetayotganini ko‘rib, “ochiqdan-ochiq asabiylashdi, u doimo boshqa notiqdan keyin so‘zga chiqsa, shunday bo‘lar edi”. Shosha-pisha ko‘zoynagini taqib, cho‘ntagidan qo‘lyozmani olib, xotirasini yangilash maqsadida o‘zicha o‘qishga tutinardi.

Post comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Яндекс.Метрика

Orphus tizimi Matnda biror xatolikni sezsangiz, matnni belgilab CTRL + ENTER tugmasini bosing.