O’QISHGA KIRISH UCHUN NIMALAR QILINISHI KERAK?

I qoida: “Qat’iyatli bo’ling!”

Birinchi navbatda, o’qish uchun qatiyatli bo’ling. Bir yo’nalishni tanladingizmi, shunda qoling. Atrofdagilarning har qanday gaplariga e’tibor beravermang. Hayotda nimagadir erishish uchun tashabbusni o’z qo’lingizga oling.

Bir o’rmonning chet qismida qurbaqalar saltanati bor ekan. Qurbaqalar botqoqda yashamaydimi, barcha hayvonlar ularning ustidan kulishar ekan. Kunlardan bir kuni qurbaqalar podshohi o’zining aholisini(qurbaqalarni) yig’ib shunday debdi:”Barcha bizni ustimizdan kulyapti. Kelinglar biz hech kim qilaolmaydigan ish qilib ularni hayratda qoldiraylik va ortiq masxara qilishmasin”.  Shunda qurbaqalarning donorog’iI ular Eyfelni zabt etib, barchani lol qoldirishlari kerakligini aytibdi. Ayrimlar podshohning qahridan qo’rqib, ayrimlar botir bo’lgani uchun va yana boshqalari yaqinlaridan ajralib qolmaslik uchun rozi bo’libdi. Butun o’rmon ahli tomoshani ko’rish uchun Eyfel minorasi oldiga yig’ilibdi. Hamma qurbaqalarning ustidan kularmish:”Ahmoqlar, qurbaqa bo’lsang, qanday Efyelga chiqasan”, “Be’manilik”, “Esingni yebsanlar” va h.k. Shunda qurbaqalar minoraga chiqishni boshlabdilar. Atrofdan ovozlar tinmay ovozlar eshitilardi:” Chiqolmaysanlar”,”baribir yiqilishadi”, “ko’pi bilan 10 metr chiqasanlar” va h.k. Bu ovozlarni eshitib qurbaqalar birin-ketin yiqila boshlabdi. Faqatgina bir qurbaqa atrofga e’tibor bermay olg’a borar ekan. Va nihoyat shu birgina qurbaqa marraga chiqishga muvaffaq bo’libdi. Hammasi uni qutlamoqchi bo’lib gapirishsa, u indamas emish. Chunki u kar edi.

Hayotimizda ayrim masalalar qat’iylikni va kar bo’lishni talab qiladi. Bunday vaziyatda ortga chekinmang va boshqalarga ortiqcha e’tibor bermang va shunda omad siz tomon bo’ladi. Agar sizda o’zingizga nisbatan ishonch bo’lmasa o’qishning ham harakat qilishning ham keragi yo’q.

 II qoida: Vaqtni to’g’ri sarflash bu- muvaffaqiyat

Hozir men sizga har bir abituriyent uchun muhim bo’lgan sirni ochaman. Juda ko’p abituriyentlar ko’p vaqtini o’qishga sarflaganini,  ammo shularning bariga qaramasdan imtihondan yiqilganidan shikoyat qilishadi. Bularning barchasiga sabab vaqt taqsimotining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligidir. Quyida vaqtni samarali sarflashning va o’qish davomida yuqori natijalarga erishishning ayrim yo’llari ko’rsatilgan.

Siz albatta qaysidir maktabga, litsey, kollej yoki abituriyentlarni tayyorlash markazlari doimiy qatnab ta’lim olasiz. Bundan ko’rinadiki, siz kuningizning asosiy vaqtida ana shu tayyorlov markazlarida bo’lasiz. Odatda darslar ertalab 9.00 da boshlanadi. Siz bir kunda 3-4 dars o’tkazasiz va bir dars o’rtacha ikki soatdan kamroq davom etadi. Birinchi qadam, ikkita dars oralig’idagi vaqtdan unumli foydalanishdir. Taxminan 1-dars 9.00da boshlanib, 10.20gacha davom etadi va keyingi  dars 10.30da boshlanadi. Ikki dars olag’idagi 10 minut siz uchun yuqori natijalarga erishda eng muhim imkoniyatdir. Keling ana shu 10 min utni 3 qismga bo’lamiz: 4 minut, 3 minut va yana 3 minut. Birinchi 4 minutda tugagan darsdagi mavzuni va mavzuga aloqador ma’lumotlarni eslang. Buning uchun tugagan darsda o’zingiz uchun qilgan eslatmalaringiz qo’l keladi (inglizcha “note” yoki ruscha “заметки”. Bunday ixcham eslatmalar tayyorlashni har doim odat tusiga aylantiring). Oldingi darsda muhokama qilingan darsni tushunganingizga ishonch hosil qiling. Bu bosqichda barcha narsani xotiradan o’tkazish va “qulog’ingizga quyib olish” uchun 4 minut yetarli. Inson miyasining imkoniyatlarini o;rganuvchi olimlarning fikriga ko’ra, agar siz darsdan keyin darhol ma’lumotlarni takrorlaydigan bo’lsangiz, sizning ”protsesor”ingiz oldingiga qaraganda ko’proq informatsiya saqlab qoladi. Keyingi 3 minut davomida shunchaki dam oling, toza havodan to’yib nafas oling va do’stlaringiz bilan suhbat quring. Nihoyat, so’nggi 3 minut davomida esa boshlanadigan darsga berilgan uy vazifalarini va mavzu eslang, ongingizda o’tilgan  ma’lumotlarni xuddi kompyuterdan ma’lumot qidirganingiz kabi qayta to’plang. Bu sizga fanni davomli tarzda o’rganishga va o’qituvchi so’raganda dovdirab qolmaslikka yordam beradi. Bu harakatni odat tusiga aylantiring va undan har qanday ikki dars oralig’ida foydalaning. Agar tanaffus 10 minut bo’lmasa, o’zingizga qulay qilib, 2-3 qismga bo’ling. Yuqori natijaga erishishning asosiy bosqichini o’rgandingiz. Bu oson tuyuladi. Shunday emasmi ?

Siz qilishingiz kerak bo’lgan keyingi qadam bu kechqurun tugagan kundagi o’tilgan mavzularni takrorlashdir. O’qituvchingiz tomonidan berilgan uy vazifalarini tayyorlash va tugagan kundagi mavzularni qayta takrorlab o’zlashtirish uchun 2 yoki  3 soat yetarli yetarli.  Buni odatga aylantirib, har kuni muntazam bajaring. Va so’nggi qadam, har hafta oxirida tugayotgan haftada o’tilgan mavzularni takrorlashdir. Har yakshanba kuni ko’ngil ochish uchun ajratgan soatlaringizdan haftalik takrorlash uchun vaqt ajratsangiz, bu albatta imtihon kuni o’z samarasini bermay qolmaydi. Bu mashg’ulot uchun 3 yoki 4 soatni tavsiya qilaman. Unutmang, qancha ko’p takrorlasangiz, ma’lumot ko’proq vaqt saqlanib qoladi.

Shunday qilib:

  • Ikki dars oralig’idagi vaqtdan takrorlash uchun unumli foydalaning.
  • Kechqurun 2 yoki 3 soat vaqtingizni tugagan kundagi darslarni sarflang.
  • Hafta oxirida albatta o’tilgan darslarni takrorlang.
  • Qancha ko’p takrorlasangiz, ma’lumot shuncha ko’p vaqt xotirangizda saqlanadi

Test topshiriqlarini bajarayotgan vaqtda testda berilgan muqobil varianlar ko’pchilik abituriyentlar uchun ko’zlariga dushman bo’lib ko’rinadi. Aslini olib qaraganda, bu teskarisi bo’lishi kerak. Demoqchi bo’lganim, muqobil variatlar siz uchun xizmatkor vazifasini o’tasin(“kerak bo’lsa choy olib kelsin”).  Ya’ni variantlar sizning to’g’ri javob haqidagi ishonchingizni yanada mustahkamlasin. Buni osonroq tasavvur qilish uchun narvonni ko’z oldingizga keltiring. Tomga narvonni qo’yganingizda har bir pillapoyani bosib o’tasiz. Test jarayonida ham bu usulni qo’llash ancha samara beradi. Buning mohiyati shundaki, siz testda ham xuddi narvon pillapoyalarini bosib yuqoriga chiqqaningiz kabi noto’g’ri javoblarni chiqarib tashlash yo’li bilan to’g’ri javobni topishingiz mumkin. Keling buni misolda ko’ramiz:

1-savol. Quyidagi shaharlardan feodal qal’alari  yonida vujudga kelgan shahar(lar)ni belgilang. 1. Otsu                        2. Nagoya                  3.Xeyyan        4. Narra         5.Tokio

  1. 3,4 B) faqat 2                  C) 1,3,5          D) 2,4,5

Yuqorida tarix berilgan testda siz atigi 2ta shahar haqida ma’lumotni bilgan holda to’g’ri javobni topshingiz mumkin. Aytaylik, siz Xeyyan shahri budda ibodatxonasi yonida vujudga kelganini bilasiz, bu orqali esa A va C javoblarini tanlovdan chiqarib tashlaymiz, chunki har ikkalasida ham 3(Xeyyan) bor. Ikkita pillapoyani bosib o’tdik. Va niyohat siz Tokio Xeyyan shahri o’rnida vujudga kelganini va bu ikkalasi aslida bir shahar ekanligini bilganingiz asosida bu shahar nomini ham olib tashlashingiz mumkin. (chunki Xeyyan budda ibodatxonasi atrofida vujudga kelganini bilar edingiz) Endi siz hech ikkilanmasdan to’g’ri javob B variant ekanligini aytishingiz mumkin. Buni quyidagi chizmada ko’rishingiz mumkin:

Natija shu bo’ldiki, biz bir shahar haqida ma’lumot bilgan holda, o’zimizga kerakli ballni qo’lga kiritdik.

2.qoida Test yechayotgan vaqtingizda imkon qadar javobga qaramaslikka harakat qiling. Bu usulni barcha fanlardan test topshiriqlarini yechayotgan vaqtingizda qo’llashingiz mumkin. Bu bilan siz ortiqcha chalg’ishdan xalos bo’lasiz. Aksariyat abituriyentlar savolni bilmagani uchun emas, balki boshqa muqobil variantlarning va test tuzuvchining ″tuzog’″iga ilinib qolishi oqibatida noto’g’ri variantni belgilab qo’yadilar.

3-qoida: Savollarning tagiga chizing. Buning uchun sizni birov urushmaydi. Sizga berilgan imkoniyatning barchasidan samarali foydalanishga harakat qiling.Sizga uch varaqdan iborat savollar kitobi berilgan ekan, siz bundan to’lig’icha foydalaning. Unga yozing, kerak bo’lsa tahlil qiling. (“kitobchani yirtish va uni yaroqsiz holga keltirish foydalanishlar doirasiga kirmaydi.”)

Post comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Яндекс.Метрика

Orphus tizimi Matnda biror xatolikni sezsangiz, matnni belgilab CTRL + ENTER tugmasini bosing.