Abituriyentlar maktabi

Har bir kollej yoki litseyni tugatayotgan shaxs oldida keyingi hayotinni belgilab beruvchi dolzarb vazifa turadi. Siz ham shunday insonlardan birisiz. U ham bo’lsa o’zingiz istagan va tanlagan oliy o’quv yurtiga kirish va bu orqali o’zingizga mos kasbni tanlash vazifasidir.

Albatta mos kasbni tanlash uchun o’zingiz istagan oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirishingiz lozim. Faqatgina bilimi kuchli bo’lgan abiturientlargina o’quv yurtlariga kira oladi. Oliy o’quv yurtiga kirishga qaror qilgan ekansiz, unga puxta tayorgalik ko’rishni ham unutmaslik lozim. Aks holda o’z vaqtingizni behudaga sarflagan bo’lasiz.

Bizning o’quv markazimizda abiturientlar uchun barcha ilmiy yo’nalishlar bo’yicha oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayorlash kurslari mavjud. Oliy o’quv yurtiga kirishni xohlagan abiturient o’zining tanlagan oliygohi bo’yicha ilmiy yo’nalishini aniqlashi va bu orqali o’ziga kerakli bo’lgan fanlar bo’yicha kurslarni tanlashi lozim. Kirish imtihonlarida yuqori bal yig’ish uchun ilmiy yo’nalishdagi barcha fanlar bo’yicha kurslarda ishtirok etish tavsiya etiladi.

Tanlangan fanlar ichida kirish imtihoni vaqtida eng yuqori ball beruvchi fan bo’yicha mashg’ulotlarni ertaroq boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan siz ozingiz uchun kirish imtihonlarida ko’proq bal yig’ish imkoniyatiga ega bo’lasiz, bu esa o’z navbatida imtihondan o’tish imkoniyatingizni yanada oshiradi. Quyida keltirilgan jadvaldan siz o’quv markazdagi barcha kurslar bo’yisha batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Agarda yana ham savollaringiz bo’lsa, o’quv markaz xodimlariga telefon qilish yoki e-mail orqali, shuningdek facebookdagi sahifamiz orqali javob olishingiz mumkin.

O’quv markazimizda barcha ilmiy yo’nalishlar bo’yicha kurslar mavjud bo’lib, agarda siz ishtirok etishni hohlagan fanlar bo’yicha guruhlarda bo’sh o’rinlar qolmagan bo’lsa, markaz ma’muriyatiga ushbu holat bo’yicha ma’lumot bering. Buning natijasida qisqa muddatlar ichida siz uchun yangi o’quv guruhi tuziladi va bu haqda sizga ma’lum qilinadi. Tanlagan kurslar bo’yicha o’zingizga qulay vaqtlarni belgilab oling. Agarga kurslar jadvalida siz uchun mos keladigan vaqt mavjud bo’lmasa, unda guruhda emas balki individual shug’ullanish imkoniyatingiz ham bor. Individual kurslar tashkil etish, vaqtlarini va to’lov qiymatini belgilash alohida kelishib olinadi. Markazda yaratilgan bir qator qulayliklar bilan birga alohida o’rtanilgan tartiblair ham bor. Shulardan biri sifatida sababsiz 3 marta darslarni qoldirgan tinglovchilar markazdan chetlatilishi belgilangan. Buni ham yodda tutish lozim. Ta’lim olish jarayoniga jiddiy yondashish kerak. Shundagina mehnatingizning samarasi bo’ladi. Shu va boshqa qoidalar bilan kurslarda qatnashishni bohlagan vaqtingizda tanishtirilasiz.

  IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR

Ushbu yo’nalish quyidagi fanlarni qamrab oladi:

–           Tarix

–           O’zbek tili va adabiyoti

–           Ingliz tili

Ushbu yo’nalish bo’yicha ta’lim olgan abituriyentlar Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti, Toshkent davlat Sharshunoslik universiteti kabi nufuzli oliy o’quv yurtlarida tahsil olishlari mumkin.

-Batafsil

Har bir fan haftada 3 marta o’tiladi.

1 dars vaqti – 1 soat 10 minut

* Narx o’z ichiga narqatma materiallar, haftalik va oylik test narxlarini ham qamrab olgan.

   ANIQ FANLAR

Bu yo’nalish o’z ichiga quyidagi fanlarni qamrab oladi:

–           Matematika

–           Fizika

–           O’zbek tili va adabiyoti

Shuningdek, bu yo’nalishda Informatika va ingliz tili kurslari ham hujjat topshirayotgan OTM turiga qarab qo’shimcha o’qitiladi. Bu yo’nalish O’zbekiston Milliy universiteti, Temir yo’llari universiteti va boshqa OTMlarga tayyorlaydi.

Har bir fan haftada 3 marta o’tiladi.

1 dars vaqti – 1 soat 10 minut

* Narx o’z ichiga narqatma materiallar, haftalik va oylik test narxlarini ham qamrab olgan.

  IQTISODIY FANLAR

Yo’nalishda quyidagi fanlar o’qitiladi:

–           Matematika

–           O’zbek tili va adabiyoti

–           Ingliz tili

Ushbu yo’nalish bo’yicha tayyorlanganlar Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti, Toshkent Moliya instituti va qator nufuzli OTMlarning talabasi nomiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

Har bir fan haftada 3 marta o’tiladi.

1 dars vaqti – 1 soat 10 minut

* Narx o’z ichiga narqatma materiallar, haftalik va oylik test narxlarini ham qamrab olgan.

  TABIIY FANLAR

Bu yo’nalishimizda quyidagi fanlar mavjud:

–           Kimyo

–           Biologiya

–           O’zbek tili va adabiyoti

Mazkur yo’nalish o’quvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent Pediatriya instituti va boshqa shu yo’nalish bo’yicha qabul qiluvchi OTM larga kirish uchun tayyorlanadilar.

Har bir fan haftada 3 marta o’tiladi.

1 dars vaqti – 1 soat 10 minut

* Narx o’z ichiga narqatma materiallar, haftalik va oylik test narxlarini ham qamrab olgan.

 O’ZING TANLA

Ushbu bo’lim abituriyentlarga o’zlarining tayyorlanishni xohlaydigan fanlarini erkin tanlab olish huquqini beradi.

Buning uchun quyidagi berilgan fanlar orasidan keraklisini tanlash kifoya!

o          Tarix

o          O’zbek tili va adabiyoti

o          Ingliz tili

o          Kimyo

o          Biologiya

o          Matematika

o          Fizika

o          Informatika

Har bir fan haftada 3 marta o’tiladi.

1 dars vaqti – 1 soat 10 minut.

  YUQORIDAGI KURSLARDAN BIRIGA RO'YXATDAN O'TISH

Яндекс.Метрика

Orphus tizimi Matnda biror xatolikni sezsangiz, matnni belgilab CTRL + ENTER tugmasini bosing.