FAQ

(Frequently asked questions)-Tez so’raladigan savollar

O’quv markazimiz faoliyatini boshlaganiga ko’p yillar bo’lgan bo’lsa-da, ko’pchilik kishilar bizdan tez-tez bir xil mazmundagi savollarni so’rab turishadi. Quyida ushbu savollarning ayrimlari keltirilgan bo’lib, sizda ham ushbu savollar tug’ilib qolsa, kerakli javobni olishingiz mumkin.

“ZIYO STUDY” NTM da abituriyentlarni oliy o’quv yurtlariga tayyorlanish uchun barcha fanlardan kurslar tashkil qilingan. Istalgan yo’nalish bo’yicha tayyorlanishingiz mumkin.

Ha. Bizda Ingliz tili va rus tili bo’yicha maxsus to’garaklar mavjud. Yaqin orada boshqa tillar bo’yicha ham kurslar tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda.

Muassasada ta’lim olish uchun siz dastlab ariza to’ldirasiz; 2) sinov testini topshirasiz; 3) sizning bilim darajangizga mos guruh tanlanadi; 4) siz sinov darsida qatnashasiz; 5) agar ma’qul bo’lsa siz biz bilan o’qishni davom ettirasiz.

Narx siz o’qiydigan fanlar doirasiga qarab belgilanadi. O’rta miqdorda har bir fan uchun 100 000 so’m. Siz chegirmalarga ham ega bo’lishingiz mumkin. 

O’quv markazi sizning oliy o’quv yurtiga kirishingizga kafolat bermaydi. Biz faqat berilayotgan bilimlarning va ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga kafolat beramiz. Ammo bizning o’quv markazimida ta’lim olgan abituriyentlar yuqori natijalar asosida oliy ta’lim muassasalarining talabasi bo’lganlar. Umumiy ko’rsatgich juda yuqori Yildan-yilgan talaba bo’ladigan abituriyentlar salmog;i oshib bormoqda. 

Ha. Bizda har oy yakunida o’tkaziladigan nazoratda har bir yo’nalish bo’yicha 1- 2- va 3- o’rinllarni egallagan o’quvchilarga 15%, 10 % va 5% tartibida chegirma belgilangan. Shuningdek, boshqa tanlovlarda ham qatnashib imtiyozli o’qish huquqini qo’lga kiritishingiz mumkin. 

O’quv markazi o’quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash majburiyatini olmaydi. Ammo istalgan o’quvchi markaz tomonidan taqdim qilinadigan darsliklarni to’lov asosida olishi mumkin.

To’lov o’quvchiga mos bo’lgan istalgan tartibda amalga oshirilishi mumkin: Naqd pul asosida yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartalari va pul o’tkazish yo’li bilan). To’lovning barcha turlari teng qiymatga ega. 

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Navoiy ko’chasi 69. Xalqaro Bobur Jamg’armasi binosi. Mo’ljal: Naoiy va Paxtakor metro bekati

 

Яндекс.Метрика

Orphus tizimi Matnda biror xatolikni sezsangiz, matnni belgilab CTRL + ENTER tugmasini bosing.