Ta’lim shartlari

SHARTNOMA SHARTLARI VA TALABLAR

Umumiy talablar

Bizning kurslarimizda qatnashuvchilar uchun quyidagi yosh senzlari belgilangan:
– kattalar uchun- kamida 16 yosh
– o’smirlar uchun – 14-17 yosh

To’lov

2.1. Qabul jarayoni nihoyasiga yetgach ya’ni o’quvchining qaysi kursga qatnashishi ma’lum bo’lganidan so’ng to’lov amalga oshirladi. To’lov bir vaqtning o’zida butun chorak uchun amalga oshirilishi lozim. Bizning kurslarimiz uchun quyidagi shakllarda to’lov amalga oshirilishi mumkin:

-terminal orqali;

-pul o’tkazish orqali;

-naqd ko’rtinishda;

2.2. Agar kurs uchun butun chorak uchun to’lov amalga oshirilmaydigan bo’lsa yoki to’liq amalga oshirilmasa, o’quvchisi kursga qatnashish huquqidan mahrum etiladi.  To’lov registratsiyadan o’tgandan 5 kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holatda ZIYO STUDY ma’muriyati sizni belgilangan kursda o’qish huquqidan mahrum qilish huquqiga ega

“Ta’lim oluvchi”ning huquqlari va majburiyatlari:

3.1 Ta’lim oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

-“Ta’lim muassasasi” bilan ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish va qaysi yo‘nalish bo‘yicha, qaysi fanlar bo‘yicha tayyorgarlik olib borishini mustaqil tanlash;

-“Ta’lim muassasi” tomonidan ishlab chiqiladigan o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlar rejalariga o‘z taklif va mulohazalarini bildirish;

-“Ta’lim muassasi”dan muassasa o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni talab qilish;

-o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalarini, kitoblarni, darslik kitoblarni, shu jumladan kompterlarni, boshqa texnika vositalarini va boshqa manbaalarni olib kelish va ulardan erkin foydalanish;

-“Ta’lim muassasasi” O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlaridan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

3.2 Ta’lim oluvchi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

“Ta’lim muassasasi”da o‘rnatilgan ichki  intizom va tartib – qoidaga qat’iy rioya qilish;

-“Ta’lim muasassasi”ning mol-mulkini, mebellarini va boshqa o‘quv anjomlarini asrash va ulardan extiyot bo‘lib foydalanish;

–  shartnomada ko‘rsatilgan va o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish;

-“Ta’lim muassasasi” hududida kiyinish, axloqan o‘zini yaxshi tutish etikalariga rioya qilish, boshqalarni hurmat qilishi, munosib xulq atvorda yurishi lozim;

–  shartnoma bo‘yicha kelishilgan haqni belgilangan muddatda “Ta’lim muassasasi”ga to‘lab borish;

– O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan boshqa majburiyatlar;

Rad qilish

4.1 Ta’lim oluvchi tomonidan kursda o’qish to kurs boshlangunga qadar rad qilinadigan bo’lsa, to’langan summaning 10 % qismi tashkiliy xarajatlar uchun olib qolinadi. 90 % to’langan pul miqdori qaytarib beriladi.

4.2. Alohida holatlarda, ya’ni ta’lim oluvchining o’ziga bog’liq bo’lmagan holatlarda(kasallik, baxtsiz hodisa va h.k) to’langan pul to’la qaytarib beriladi. Buning uchun maxsus hujjat talab qilinadi(Ma’lumotnoma)

4.3. Ta’lim oluvchi kurs boshlangandan so’ng kelmasa, yoki kurs boshlangandan so’ng pul qaytarilishini talab qilsa, to’langan so’mma qaytarib berilmaydi.

Alohida shartlar:

5.1 “Ta’lim muassasasi”da har qanday turdagi diniy ta’limotlar, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi va zid bo‘lgan ta’limotlar, axloq-qoida talablariga zid bo‘lgan ta’limotlar olib borilishi taqiqlanadi.

5.2 Shuningdek, “Ta’lim muassasasi” hududiga  ko‘rsatib o‘tilgan ta’limotlar bilan bog‘liq har qanday turdagi va har qanday tildagi manbalar – kitoblar, broshyuralar, gazetalar, elektron ko‘rinishdagi va boshqa ko‘rinishdagi manbalar, audio- video manbalarni olib kelish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Ma’lumotlar xavfsizligi

ZIYO STUDY ma’muriyati sizdan qabul jarayonida va o’qish davomida olingan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. Davlat organlari tomonidan rasmiy talab qilingan holatlar bundan mustasno. Shuningdek, sizning test natijalaringiz ham sir saqlanadi. Ulardan faqat shaxsan sizning roziligingiz asosidagina na’muna uchun va boshqa ilmiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

Яндекс.Метрика

Orphus tizimi Matnda biror xatolikni sezsangiz, matnni belgilab CTRL + ENTER tugmasini bosing.